Imkoniyatlar

Markazingiz uchun to'liq asboblar to'plami

Qabul jarayonidan yakuniy hisobotgacha — har bir bosqich o'ylangan, ortiqcha hech narsa yo'q. Quyida EduMRX'ning to'qqizta asosiy moduli.

Imkoniyatlar

O'quvchilar boshqaruvi

Har bir o'quvchi — bitta tartibli kartochka. Qabul sanasi, guruhlari, to'lov tarixi va davomati bir joyda turadi. Qidiruv bir soniyada topadi, arxivga o'tkazish esa hech narsani o'chirmaydi — tarix hamisha saqlanadi.

Guruhlar va dars jadvali

Guruh ochish — kurs, o'qituvchi, xona va vaqtni tanlashdan iborat. Tizim xona bandligini va o'qituvchi jadvalini o'zi tekshiradi. To'ldiruvi past guruhlar darhol ko'zga tashlanadi.

Elektron davomat

O'qituvchi darsda telefonidan bir chertishda davomat oladi. Kelmaganlarning sababi qayd etiladi, ota-onaga xabar ketadi. Oy oxirida davomat foizi guruh va o'quvchi kesimida tayyor turadi.

To'lovlar va qarzdorlik

Har bir to'lov o'quvchi kartochkasiga bog'lanadi. Muddati o'tgan to'lovlar avtomatik qarzdorlar ro'yxatiga tushadi, menejer bir tugma bilan eslatma yuboradi. Kassa kun yakunida o'zi yig'ilib beradi.

Hisobotlar va analitika

Direktor paneli markazning yurak urishini ko'rsatadi: daromad oqimi, o'sish sur'ati, eng samarali o'qituvchilar va to'lmagan guruhlar. Qarorlar taxmin bilan emas, raqam bilan qabul qilinadi.

Xabarnomalar

Tizim o'zi gapiradi: to'lov muddati yaqinlashsa, dars qoldirsa yoki jadval o'zgarsa — ota-ona SMS yoki Telegram orqali biladi. Menejer telefonda o'tirmaydi.

Ko'p filial boshqaruvi

Ikkinchi filial ochdingizmi? Bir tugma bilan qo'shiladi. Har filialning kassasi, o'quvchilari va jadvali alohida yuritiladi, direktor esa hammasini bitta panelda taqqoslab ko'radi.

Rollar va huquqlar

Menejer moliya tahlilini ko'rmaydi, o'qituvchi boshqa guruhning ma'lumotiga kirmaydi. Har kim o'z ish stolida, ortiqcha narsa chalg'itmaydi. Xodim ketsa — kirishi bir tugma bilan o'chiriladi.

Xavfsizlik

Ma'lumotlaringiz shifrlangan holda saqlanadi va har kuni zaxiraga olinadi. Tizimga kim qachon kirgani qayd etiladi. Markazingizning ma'lumoti — faqat sizniki.

Markazingiz tartibli tizimga o'tishga tayyormi?

Ro'yxatdan o'tish besh daqiqa vaqt oladi. Birinchi ikki hafta — biz mehmonmiz.

Hoziroq boshlash